date
views 156

Vladimir Putin Rossiyadagi prezidentlik saylovlarida onlayn ovoz berdi

Vladimir Putin Rossiyadagi prezidentlik saylovlarida onlayn ovoz berdi
Foto: The Moscow Times
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 15 mart kuni mamlakatda o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayonida onlayn ovoz berish huquqidan foydalandi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mamlakat oliy rahbarining onlayn ovoz berish jarayoni davlat telekanallarida yoritib borilgan. Kreml tarqatgan videoda Rossiya yetakchisi kabinetidagi kompyuter orqali ovoz berib, kameraga qo‘l silkitgani aks etgan.

Prezident ovoz berishning bunday usulini birinchi marta qo‘llayotgani yo‘q. Rossiya yetakchisi kuzdagi saylovlarda ilk bor bu usuldan foydalangan edi.

Rossiyadagi prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari davom etadi. Saylovdan oldingi so‘rovnomalarda mutlaq ko‘pchilik saylovchilar amaldagi yetakchi Vladimir Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin Rossiyadagi prezidentlik saylovlarida onlayn ovoz berdi