15:38 / 16.03.2024
244

103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi

103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Foto: Google Images
Italiya politsiyasi 103 yoshli ayolni jarimaga tortdi. Uning haydovchilik guvohnomasi muddati o‘tgan, qolaversa, sug‘urtalanmagan mashinani boshqargan.

Soat 01:00 atrofida politsiyaga "xavfli avtomobil harakati" haqida xabar kelib tushdi. Hodisa Italiyaning 13 mingga yaqin aholisi bo‘lgan Bondeno shahri markazida sodir bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari haydovchini to‘xtatib, uning tug‘ilgan yilini bilgach, juda hayron qolishgan. Juzeppina Molinari 1920 yilda tug‘ilgan. U Bondenoga do‘stlari bilan uchrashish uchun kelgan, ammo qorong‘ida yo‘lidan adashib qolgan.

"Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Molinarining haydovchilik guvohnomasi muddati ikki yil avval tugagan. Italiyada 80 yoshdan oshgan haydovchilar har ikki yilda mashina haydash qobiliyatini tasdiqlash uchun test sinovidan o‘tishi kerak", — deb xabar bermoqda The Guardian.

Politsiya Molinariga jarima solib, keyin uni uyiga olib borib qo‘ydi. Ayol mahalliy OAVga bergan intervyusida Bondenodagi do‘stlarinikiga albatta tashrif buyurishini aytdi, lekin bu safar velosipedda borishini qo‘shimcha qildi.

2019 yilda italiyalik boshqa bir ayol 50 yil davomida haydovchilik guvohnomasiz mashina haydaganligi uchun hibsga olingan edi. Unga katta miqdorda jarima solingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi