Ukrainaning Sumi viloyatidan 200 ga yaqin aholi vakillari evakuatsiya qilindi

Arxiv foto: The Times of Israel
16 mart kuni Ukrainaning Sumi viloyati shimoliy tumanlarida istiqomat qiluvchi 200 nafarga yaqin fuqaro markaziy viloyatlarga favqulodda evakuatsiya qilingan. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, aksar aholi Velikaya Pisarevka tumanidan ko‘chirilgan. Evakuatsiya qilinganlarning 26 nafari bolalar bo‘lgan.
Sumi viloyati Rossiya bilan chegaradosh bo‘lib, so‘nggi kunlarda Rossiya tomonidan kuchli o‘qqa tutilishi kuzatilmoqda. Mamlakat shimolida yangi urush nuqtalari paydo bo‘lishi mumkinligi ehtimoli sabab, aholi bosqichma-bosqich ko‘chirilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi ikki kun ichida Rossiyaning Odessa va Xarkov hududlariga hujumi kuchaygan. Oqibatda 21 kishini vafot etgan, kamida 73 kishi yaralangan. Sumi shimolida ham rus askarlari to‘planishi kuzatilgan.
Rossiya Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirgani xabar berilgan. Belgorod Ukrainaning Sumi viloyati bilan chegaradosh. Ikki viloyat chegarasida so‘nggi bir oyda 12 bor hujum sodir etilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!16 mart kuni Ukrainaning Sumi viloyati shimoliy tumanlarida istiqomat qiluvchi 200 nafarga yaqin fuqaro markaziy viloyatlarga favqulodda evakuatsiya qilingan. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, aksar aholi Velikaya Pisarevka tumanidan ko‘chirilgan. Evakuatsiya qilinganlarning 26 nafari bolalar bo‘lgan.
Sumi viloyati Rossiya bilan chegaradosh bo‘lib, so‘nggi kunlarda Rossiya tomonidan kuchli o‘qqa tutilishi kuzatilmoqda. Mamlakat shimolida yangi urush nuqtalari paydo bo‘lishi mumkinligi ehtimoli sabab, aholi bosqichma-bosqich ko‘chirilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi ikki kun ichida Rossiyaning Odessa va Xarkov hududlariga hujumi kuchaygan. Oqibatda 21 kishini vafot etgan, kamida 73 kishi yaralangan. Sumi shimolida ham rus askarlari to‘planishi kuzatilgan.
Rossiya Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirgani xabar berilgan. Belgorod Ukrainaning Sumi viloyati bilan chegaradosh. Ikki viloyat chegarasida so‘nggi bir oyda 12 bor hujum sodir etilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…