Foto: EPA
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainada Rossiyaga qarshi quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish mumkinligini, lekin buni xohlamasligini aytdi. Bu haqda u Le Parisien gazetasiga ma’lum qildi.
“Ehtimol, ma’lum vaziyatda shunday, men buni xohlamayman va boshlamayman, rus qo‘shinlariga qarshi turish uchun quruqlikdagi operatsiyalar, ular qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘tkazilishi kerak. Fransiyaning kuchi shundaki, biz buni qila olamiz”, — dedi Makron.
Fransiya prezidentining fikricha, uning mamlakati “har qanday ssenariyga” tayyorlanishi kerak.
“Har qanday ssenariyda har kim o‘zi tanlagan model asosida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olardi”, — dedi u.
Shuningdek, Makron ko‘plab Yevropa davlatlari “Fransiya chizig‘ini qo‘llab-quvvatlashi va bu kichik davlatlar emasligi”ni ta’kidladi.
Fevral oyi oxirida Emmanuel Makron Yevropa davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga qo‘shin kiritilishi ehtimolini rad etmagandi. Keyinchalik Kiyevning bir qator ittifoqchilari, jumladan Germaniya va AQSH bunday rejalar yo‘qligini e’lon qildi.
Biroq ba’zi davlatlar ushbu mavzu bo‘yicha muhokamani qo‘llab-quvvatladi, ular orasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Finlyandiya bor edi. Keyinchalik Polsha rasmiysi mamlakat har qanday holatda ham Ukrainaga qo‘shin yubormasligini aytdi.
Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin