Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 15 mart kuni Bishkek shahridagi Imom Saraxsiy nomli markaziy jome masjidga tashrif buyurdi. U masjidda namoz o‘qidi va ro‘zadorlarga iftorlik qilib berdi.
Qirg‘iziston prezidentining matbuot kotibi Asqad Alago‘zovga ko‘ra, davlat rahbari muqaddas Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan barchani tabriklagan. U musulmonlarni diniy bilimlarni maxsus bilimga ega ulamolardan o‘rganishga chorlagan.
S.Japarov, shuningdek, mamlakatda bolalar orasida qizamiq kasalligi tarqalishi ko‘payganidan xavotir izhor qilgan. Ushbu xastalikka chalingan bolalarning aksari emlanmagani aniqlangan. Shunga ko‘ra siyosiy yetakchi bolalarni emlashning muhimligini ta’kidlagan.
Qirg‘iziston rahbari o‘z tabrigi so‘nggida Alloh taolodan ro‘zadorlarning ibodatlari qabul bo‘lishi, qirg‘iz xalqiga tinchlik hamda farovonlik berishini so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi