
Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike bilan munosabatlari paytida nimalarni qurbon qilganini aytdi.
"Jerar bilan yashash va u futbol o‘ynay olishi uchun uzoq vaqt faoliyatimni keyinga qoldirib keldim. Sevgi uchun ko‘p narsalarni qurbon qilishga to‘g‘ri keldi", — deydi Shakira.
Pike va Shakira 11 yillik birgalikdagi hayotdan so‘ng 2022 yilning yozida ajralishdi. Ajrashishning sababi sifatida futbolchining hiyonati qayd etildi. Juftlikning ikki farzandi bor: Milan va Sasha.
Pike o‘z faoliyatini 2022 yilning so‘nggida "Barselona"da yakunladi. 37 yoshli ispan shuningdek "Manchester Yunayted" va "Saragosa"da o‘ynagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar