10:48 / 18.03.2024
449

Putin marhum Navalniy, saylovda nomzodi qo‘yilmagan Nadejdin haqida gapirdi

Putin marhum Navalniy, saylovda nomzodi qo‘yilmagan Nadejdin haqida gapirdi
Foto: “Kommersant”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor marhum Aleksey Navalniyning o‘limiga va saylovda nomzodini qo‘yishga ruxsat etilmagan Boris Nadejdinga munosabat bildirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Prezidentlik saylovlaridan keyingi matbuot anjumanida NBC muxbiri Putindan Aleksey Navalniy haqida savol berdi.

Evan Gershkovich bu saylovni qamoqda kutib oldi. Ukrainadagi urushingizga qarshi bo‘lgan Boris Nadejdinga sizga qarshi saylovda nomzod sifatida qatnashishga ruxsat berilmadi va Aleksey Navalniy sizning saylovoldi kampaniyangiz paytida qamoqxonalaringizdan birida vafot etdi. Janob prezident, siz buni demokratiya deysizmi?” — deya so‘radi muxbir.

Bu hayot. Agar janob Nadejdin ushbu saylov kampaniyasida ishtirok etmagan bo‘lsa, demak, bu birinchi navbatda uning ushbu saylovlarga tayyorgarlik davridagi qoniqarsiz ishining natijasidir. Tarafdorlar bilan faolroq ishlash, xatolikka, byulletenlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik va hokazolar kerak bo‘lgandir. Masala shundaki, ovoz berishda ishtirok etish uchun kerakli miqdordagi ovozlar to‘planmagan”, — dedi u.

Putin birinchi marta Navalniyning familiyasini tilga olib, uning o‘limini “qayg‘uli voqea” deb atadi. Rossiya prezidenti, shuningdek, siyosatchining o‘limidan bir necha kun oldin Navalniyni G‘arbdagi rossiyalik mahbuslarga almashishga rozi bo‘lganini tasdiqladi.

Janob Navalniy olamdan o‘tishidan bir necha kun oldin ba’zi hamkasblar, administratsiyadagilar emas, menga Navalniyni G‘arb mamlakatlarida qamoqda o‘tirgan odamlarga almashtirish g‘oyasi borligini aytishdi. Menga ishonasizmi, yo‘qmi... Men bilan gaplashgan odam hali gapini tugatmasidan roziman, dedim. Ammo, afsuski, bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa sodir bo‘ldi. Men faqat bir shartga asosan rozi bo‘lgandim: biz uni almashtiramiz va u qaytib kelmasligi, o‘sha yerda o‘tirishi kerak edi. Xo‘sh, bo‘lgan ish bo‘ladi, hech narsa qilish mumkin emas. Bu hayot”, — deya xulosa qildi Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin marhum Navalniy, saylovda nomzodi qo‘yilmagan Nadejdin haqida gapirdi