Foto: Videograb
Saudiya Arabistoni fuqarosi Abdulla Al Qahtoniy 17 mart kuni parashyutdan sakrab, havoda iftorlik qildi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ekstremal sport vakili iftorlik qilish an’anasini tom ma’noda yangi cho‘qqiga olib chiqishni xohlagan. Bu qiziqish esa havoda muallaq holda iftorlik qilishga undadi.
Al Qahtoniy Saudiya Arabistoni janubidagi baland tog‘lardan parashyutda sakragan va maqsadini amalga oshirgan. Shu bilan bir paytda, Qahtoniy o‘z harakatlarini jonli efir orqali muxlislariga ulashib turgan. Saudiya fuqarosining amalga oshirgan ishi ijtimoiy tarmoqlarning arab segmentida tezda mashhurlikka erishgan.
Tarqalgan videoda sarguzasht ixlosmandi ochiq osmon fonida an’anaviy iftorlik taomlari bo‘lgan qaymoq va xurmodan iste’mol qilayotganini ko‘rish mumkin.
“Mening bugungi iftorligim shu yerda bo‘ldi. Parashyut plitalarini muvozanatda ushlab turish oson bo‘lmadi, lekin xayriyatki, men buni uddaladim. Bugungi iftorlik barchasidan o‘zgacha”, — degan Saudiya Arabistoni fuqarosi Abdulla Al Qahtoniy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda
Los Anjelesdagi yongʻin boy-u kambagʻalni birlashtirdi (foto)
Ukraina Rossiyaning Donesk oblastidagi qoʻmondonlik punktiga zarba berdi
Suriyaning yangi ma'muriyati rahbari bayonoti: ikki yil ichida 14 million suriyalikning qaytishi kutilmoqda
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi