date

AQSHga tanqid kuchaydi: saudiyalik jurnalist keskin bayonot berdi

AQSHga tanqid kuchaydi: saudiyalik jurnalist keskin bayonot berdi

Saudiyalik jurnalist Muborak Al-Ati AQSH siyosatiga nisbatan keskin fikrlar bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni neftni qayta ishlash infratuzilmasiga Eron tomonidan amalga oshirilgan hujum paytida AQSH kutilgan yordamni ko‘rsatmagan.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda rasmiy Er-Riyod Vashingtondan qo‘llab-quvvatlash so‘ragan, biroq AQSH bu vaziyatda sukut saqlagan. U mazkur holatni ittifoqchilik munosabatlariga zid deya baholadi.

Muborak Al-Ati shuningdek, bugungi kunda Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va taranglikni yumshatishga qaratilgan harakatlar davom etayotganini qayd etdi. Uning fikricha, aynan shu jarayonda AQSH turli yo‘llar bilan to‘sqinlik qilmoqda.

“Eron neftni qayta ishlash zavodimizga hujum qilganida, biz AQSHdan yordam so‘radik, ammo ular jim turishdi.

Endi biz Eron bilan tinchlik o‘rnatishga va keskinlikni kamaytirishga harakat qilayotganimizda, Amerika bu jarayonni sabotaj qilmoqda.

Ular urushni xohlashadi. AQSH harbiy imperiya. U mojarosiz mavjud bo‘la olmaydi”— deya ta’kidladi jurnalist.

Ushbu bayonot xalqaro maydonda AQSHning Yaqin Sharqdagi roli va uning tashqi siyosati borasidagi bahslarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSHga tanqid kuchaydi: saudiyalik jurnalist keskin bayonot berdi