23:38 / 18.03.2024
756

AQSHda erkak asli o‘zbekistonlik bo‘lgan sobiq xotinini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi

AQSHda erkak asli o‘zbekistonlik bo‘lgan sobiq xotinini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi
Foto: The Philadelphia Inquirer
AQSHda erkak kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan sobiq xotinini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda The Philadelphia Inquirer nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Montgomeri okrugidagi istiqomat qiluvchi 44 yoshli Allaberg 16 mart kuni Morelend shaharchasining Xantington okrugida sobiq rafiqasi 43 yoshli Durdona Sultonovani otib o‘ldirgan. Jinoyat sodir etganidan ko‘p o‘tmay, erkak o‘z joniga qasd qilgan.

Manbaga ko‘ra, 17 mart kuni 16:38 lar atrofida Moreland shahri politsiyasi mahalliy aholi vakillaridan shoshilinch qo‘ng‘iroq qabul qilgan. Jinoyat sodir etilgan xonadon qo‘shnilari 911 raqami orqali mas’ullarga xabar bergan. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelib, Sultonova Durdona va Allabergning jasadlarini xonadon yotoqxonasidan topishgan.

Marhuma Sultonovaning ko‘krak qismida ko‘plab o‘q jarohatlari topilgan. Allaberg esa bosh qismiga yo‘naltirilgan o‘qdan halok bo‘lgan.

Okrug sudi holatga rasman qotillik deya baho berib, jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ma’lum qilinishicha, Durdona Sultonova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi bitiruvchisi bo‘lib, magistraturani Yaponiyada o‘qigan. Keyin esa AQSHga ko‘chib o‘tgan. Ayolning ikki nafar farzandi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda erkak asli o‘zbekistonlik bo‘lgan sobiq xotinini o‘ldirib, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi