Foto: “TASS”
Rossiya kuchlari 18 mart kuni Donetsk hududidagi mahalliy Ukraina generallari yig‘iladigan istehkomga zarba bergan. Bu haqda “TASS” nashri ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 18 mart davomida rus armiyasi Ukraina bo‘linmalariga zarba berib, dushmanning 380 nafarga yaqin askari va 2 ta zirhli texnikasini yo‘q qilgan. Bu haqida Rossiya mudofaa vazirligi xabarlar tarqatgan.
Tezkor kuchlar maxsus harbiy operatsiya doirasida Ukraina armiyasi qo‘mondonlari va yuqori martabali xavfsizlik zobitlari yig‘ilgan markazga zarba bergan. Ukraina uchun yo‘qotishlar ko‘lami hozirda oshkor qilinmagan.
“Rossiya kuchlari tezkor-taktik aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi Ukraina Xavfsizlik Kengashi va qurolli kuchlari qo‘mondonlik shtabining to‘planuv nuqtasiga zarba berdi. Shuningdek, 137 ta hududda dushman kuchlari va harbiy texnikasini egallab olindi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Avvalroq Rossiya harbiy ma’muriyati Kupyansk hududida 60 nafar ukrainalik askar yo‘q qilingani, nazorat postlari vayron qilingani haqida xabar qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda
Los Anjelesdagi yongʻin boy-u kambagʻalni birlashtirdi (foto)
Ukraina Rossiyaning Donesk oblastidagi qoʻmondonlik punktiga zarba berdi
Suriyaning yangi ma'muriyati rahbari bayonoti: ikki yil ichida 14 million suriyalikning qaytishi kutilmoqda
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi