Foto: The Guardian
AQSH hukumati Ukrainani Rossiya energetika infratuzilmalariga hujumlarni bas qilishga chaqirgan, deb xabar beradi Financial Times vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Vashington Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar tomonidan qilinayotgan hujumlar jahon bozorida neft narxi oshishiga olib kelishi, shuningdek Moskva tomonidan javob choralari ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda.
Amerika ma’muriyati bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati va Ukraina mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasining yuqori martabali mulozimlarini bir necha bor ogohlantirgan, deb yozadi FT. Ushbu ikki bo‘linma keng ko‘lamli urush boshidan buyon Rossiyaning quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi nishonlariga zarbalar berish bo‘yicha o‘z dron dasturlarini muntazam ravishda kengaytirib kelmoqda.
Nashr manbalaridan birining aytishicha, Oq uy ayniqsa ukrain dronlarining Rossiya g‘arbidagi neftni qayta ishlash zavodlari, terminallar va omborxonalarga hujumlaridan norozi bo‘lmoqda.
Vashington shuningdek Moskvaning davomli hujumlarga ehtimoliy reaksiyasidan ham xavotirda. Oq uydagilar hisoblashicha, buning natijasida G‘arb tayanadigan energetik infratuzilmalar — masalan, Qozog‘iston nefti yetkazib beriladigan Kaspiy quvur konsorsiumi shikastlanishi mumkin.
Ukraina harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yildan buyon Rossiyaning yirik neftni qayta ishlash zavodlariga kamida 12 hujum (2024 yilda kamida to‘qqizta) ro‘y bergan, shuningdek bir qancha terminallar, omborxonalar va neft saqlash joylariga zarbalar berilgan. O‘tgan haftada Kiyev ikkita yirik va nisbatan keng ko‘lamli dronlar hujumlarini amalga oshirdi, buning natijasida qatorasiga bir necha kun ichida Rossiyaning yettita energetika obyektlariga hujum qilindi. Shuningdek, ukrain maxsus xizmatlari Rossiyaning Qora dengizdagi harbiy kemalariga dengiz dronlari orqali hujum qilishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi
Jo Bayden yakuniy nutqida nimalar dedi?