Foto: RIA Novosti
Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari hamda Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktni qoralab, qurbonlarga hamdardlik bildirdi.
«Bizga Moskvadan kelayotgan tasvirlar dahshatli. Fikru-xayolimiz qurbonlar va yaradorlar, shuningdek, Rossiya xalqi bilan», deyiladi Fransiya TIV bayonotida. Departament hujumchilarning «jirkanch harakatlari» sabablariga oydinlik kiritish zarurligini qo‘shimcha qildi.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham voqea joyidan olingan suratlarni «dahshatli» deb atadi va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi «Krokus Siti Xoll»dagi teraktni qoraladi. «Bu dahshatli fojia. Biz bugungi voqealardan jabrlangan va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni bildiramiz», deyiladi elchixona bayonotida.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham «Krokus Siti Xoll»dagi teraktni qoraladi.
«Yevropa Ittifoqi Moskvada sodir etilgan terakt haqidagi xabarlardan hayratda va dahshatga tushdi. Yevropa Ittifoqi tinch aholiga qarshi har qanday hujumlarni qoralaydi. Fikru-xayolimiz [ushbu teraktdan] jabrlangan barcha Rossiya fuqarolari bilan», dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Piter Stano.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoraladi.
«Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan bunday zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz. Halok bo‘lganlarning barcha oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni bildiramiz», deyiladi TIV bayonotida.
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarga hamdardlik bildirdi. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
«Biz hammamiz Moskvadan xabarlar va videolavhalarni ko‘ryapmiz. Biz ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilamiz. Kadrlar shunchaki dahshatli, uni ko‘rish juda qiyin. Bu og‘ir kun bo‘ldi, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalari bilan birgamiz», dedi Oq uy vakili va voqeani «dahshatli hujum» deb atadi.
Shuningdek, «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Belarus, Turkiya va Venesuela tashqi ishlar vazirliklari tomonidan ham qoralandi.
Krokus Siti Xoll, qurbonlar, hamdardlik, Moskvadagi terakt, teraktni qoraladi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi