14:43 / 23.03.2024
186

Gollivud aktyori Uill Smit Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi

Gollivud aktyori Uill Smit Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi
Foto: Reuters
“Men afsonaman”, “Baxt ortidan quvib”, “Qora libosli odamlar” va boshqa ko‘plab filmlar orqali tanilgan amerikalik aktyor, rejissyor Uill Smit Big Time podcast dasturi doirasida jurnalist Amir Adib mehmoni bo‘ldi. Suhbat davomida aktyor o‘tgan yili ramazon oyida muqaddas Qur’on kitobini to‘liq o‘qib chiqqani haqida aytib o‘tdi.

"Men ma’naviyatni yaxshi ko‘raman. Hayotimning so‘nggi ikki yili murakkab kechgani va turli qiyinchiliklar o‘z ichki olamim haqida chuqurroq fikr yuritishga undadi", — deydi Smit.

U bu davrda bir nechta diniy kitoblarni, jumladan, Qur’onni ham o‘qiganini ta’kidladi:

"O‘tgan yili ramazon oyida Qur’on kitobini boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim. Bu orqali men hayotimdagi ma’naviyatni izladim va ko‘proq insonlarni sig‘dira olishim uchun qalbimni kengroq qilishni istadim", — deydi aktyor.

Shuningdek, Uill Smit Qur’onning ahamiyati va kitobda Muso payg‘ambar bilan bog‘liq voqealar unga qanday ta’sir qilgani haqida aytib o‘tdi. Aktyorga Qur’onni o‘qigach, undan nimalarni bilib oldingiz, deb savol berilganda, u bunga javoban Muso payg‘ambar voqeasi musulmonlarning muqaddas kitobida ham borligiga hayron qolganini va o‘sha voqea aktyorda katta taassurot uyg‘otganini ta’kidladi.

"Qur’ondagi oddiylik meni hayratga soldi. Kitob shunchalik tushunarli tarzda bitilganki, uni o‘qigach, qandaydir tushunmovchilikka kelish mushkul", — deydi Uill Smit.

Shu bilan birga aktyor boshqa muqaddas kitoblar — Tavrot, Injilni ham o‘qib chiqqanini va mazkur kitoblar Qur’on bilan aloqasi uzilmagan bir hikoyadek tuyulganini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gollivud aktyori Uill Smit Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi