Rossiya Mehnat vazirligi mehnat muhojirlari bilan tuziladigan shartnomalar muddatini ochiq tuzishga cheklov kiritmoqchi. Tegishli loyiha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylashtirilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalari ochiq yoki muddatli asosda tuzilishi mumkin.
Hujjatga ko‘ra, ish beruvchilar ishlashga ruxsatnomaga ega bo‘lgan voyaga yetgan xorijiy fuqarolar bilan «maqsadli va tashkiliy ishga qabul qilish tartibida» shartnomalar tuzadilar.
«Ishga ruxsatnoma chet el fuqarosiga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatiga, lekin ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi», – deyiladi loyihada.
Agar shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa va boshqa ish beruvchi bilan yangi shartnoma tuzilmasa, migrant 30 kun ichida Rossiyani tark etishi shart. Ishga ruxsatnoma olgan taqdirda, chet el fuqarosi 30 kun ichida rus tilini bilishini, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”