Foto: Bild
Rossiya harbiylari Avdeyevkadagi Tonenkoye va Orlovka qishloqlarini egallab oldi. Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Ryopke xabar berdi.
Ekspert avvalroq Ukraina armiyasi Avdeyevka g‘arbidagi Berdichi—Semyonovka—Orlovka—Tonenkoye chizig‘ida mudofaani ushlab turishda qiynalayotgani, mudofaa chizig‘i asta-sekin g‘arbga siljiyotganini aytgandi. Endilikda, tahlilchiga ko‘ra, Tonenkoye va Orlovka butunlay rus qo‘shinlari tomonidan qurshab olingan. Janglar faqat Berdichi uchun davom etmoqda.
"Mudofaa kamari sifatida xizmat qilishi kerak bo‘lgan bu kamar rus armiyasining zarbalari ostida quladi. Rossiya kuchlari odamlar va texnikaning katta qismi yo‘qolgan holda oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldi", — dedi Ryopke.
12 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy frontdagi vaziyat oxirgi uch oyga qaraganda ancha yaxshiligini aytgandi. U rus qo‘shinlari Donesk viloyatidagi Avdeyevka shahrini egallab olgandan so‘ng hujumlarni davom ettirayotganini maʼlum qilgandi.
Ukrainaning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Pavlyuk eng keskin vaziyat hozir uchta: Avdeyevka, Chasovoy Yar yaqinida va Liman yo‘nalishida ekanini aytgandi. Ukraina qurolli kuchlari ularga qarshilik qilishda davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”