Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus Siti Xoll»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchini hibsga olishni so‘ramoqda. Uning ismi Alisher Hotamovich Qosimov. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Alisher Qosimovga oid material sudga taqdim etildi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Alisher Qosimov 31 yoshda, asli qirg‘izistonlik, lekin Rossiya fuqarosi. Oilali, uchta farzandi bor, kattasi 4 yoshda. Qarindoshining aytishicha, u oshpaz bo‘lib ishlaydi.
Sudya: — Sizni nimada ayblashayotganini tushunyapsizmi?
Qosimov: — Men «Avito»da kvartirani ijaraga berganman.
139 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumga bevosita aloqador bo‘lgan to‘rt nafar gumonlanuvchi yakshanba oqshomida qo‘lga olingandi.
Dushanba kuni sud yana uch kishini — ikki aka-uka va ularning otasini hibsga oldi. Teraktda gumon qilinganlar aka-ukalardan biridan mashina sotib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”