19:10 / 26.03.2024
743

Crocus'dagi terakt bo‘yicha asli qirg‘izistonlik erkak hibsga olindi (video)

Crocus'dagi terakt bo‘yicha asli qirg‘izistonlik erkak hibsga olindi (video)
Foto: Sputnik
Moskvaning Basmanniy sudi Crocus'dagi terakt ishi bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchi Alisher Qosimovni hibsga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Krasnogorsklik tadbirkor Alisher Qosimov terrorchilarga kvartirani ijaraga berganlikda ayblanmoqda. U terakt haqida hech narsa bilmagani va hatto uning kvartirasida terrochilar yashayotganidan gumon ham qilmaganini aytgan.

Tergov talabi qanoatlantirilib, Alisher Qosimovga nisbatan 22 mayga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi belgilangan.

Qosimov Rossiya fuqarosi, asli qirg‘izistonlik, O‘shda tug‘ilgan. U yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib, o‘zi ishlagan kafeni boshqargan. Qosimov terakt ishida qarindoshlari — onasi, ukasi va amakisi ishtirok etgan birinchi shaxs hisoblanadi.

Sud jarayonida ayblanuvchi kvartirani shunchaki Avito orqali ijaraga berganini va bo‘lajak terrorchilarga boshpana berayotganini bilmaganini aytgan.

24 mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi terakt aybdorlari Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rachabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni (Tojikiston fuqarolari) hibsga oldi. Ularning barchasi uyushgan guruh tarkibida (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi “b” bandi) o‘limga olib kelgan terakt sodir etganlikda ayblangan.

25 mart kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi Crocus City Hall'dagi terakt ishi bo‘yicha yana uch nafar ayblanuvchini hibsga olishni so‘ragan. Ular bir oilaning uch a’zosi bo‘lib, terrorchilar foydalangan mashinani ularga sotganlikda ayblanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Crocus'dagi terakt bo‘yicha asli qirg‘izistonlik erkak hibsga olindi (video)