22:30 / 26.03.2024
322

Rossiya Ukrainada 15 mingdan ortiq texnikasini yo‘qotdi

Rossiya Ukrainada 15 mingdan ortiq texnikasini yo‘qotdi
Arxiv foto: Yahoo
Rossiya Ukraina sharqidagi harbiy harakatlari natijasida shu kunga qadar 15 mingga yaqin harbiy texnikasini yo‘qotgan. Bu haqda The Kyiv Independent nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 mart kuni Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiya kuchlari tomonidan yo‘qotilgan avtomobillar, samolyotlar, dengiz kemalari va qurol tizimlari soni 15 mingdan oshib ketgan. Hozirda mavjud texnikaning bir qismi ham ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

Harbiy harakatlarda Rossiya 2856 ta tank, 135 ta vertolyot, 106 ta samolyot, 20 ta dengiz kemasi va bitta suvosti kemasini yo‘qotgan. Asl raqamlar bundan kattaroq bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Manbalar yo‘qotilgan texnikaning katta qismi sovet davrida ishlab chiqarilgan eski texnikalar bo‘lganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainada 15 mingdan ortiq texnikasini yo‘qotdi