Foto: Getty Images
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning qulashiga yaqin qolganini ma’lum qildi. Bu haqda Yevropa nashrlari tarqatgan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” nashri ma’lum qildi.
Manbada aytilishicha, 27 mart kuni Emmanuel Makron Yelisey saroyida siyosiy tadbir o‘tkazgan. Unda Yevropa parlamentiga bo‘lajak saylovlar bilan birga bir qancha siyosiy masalalar ham muhokama qilingan.
Makron yig‘ilishda Ukraina uchun halokat signali yoqilganini ma’lum qilgan. Mamlakat tez orada hujum va mudofaa qudratida to‘la mahrum bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.
“Ukraina juda tez qulashi mumkin. Bu kutganimizdan tez sodir bo‘lishi ham mumkin”, — degan Makron jurnalistlarga.
Avvalroq Fransiya prezidenti Makron Chexiya prezidenti Petr Pavel bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevropa davlatlari mag‘lubiyat kayfiyatidan qutulishni istasa, Ukrainaga yordam berishni davom ettirishlari kerakligini, harbiy yordamga chek qo‘ymasliklarini so‘ragan edi. Makron anjumanda Chexiyaning Yevropa Ittifoqidan tashqari uchinchi davlatlardan artilleriya snaryadlarini sotib olish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
26 fevral kuni Parijdagi Ukraina bo‘yicha konferensiyadan so‘ng Emmanuel Makron Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya zonasiga G‘arb quruqlik qo‘shinlarini yuborish ehtimolini tasdiqladi. U, shuningdek, G‘arb davlatlari Rossiyaning ushbu mojaroda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak bo‘lgan narsani qilishiga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi