Foto: Google Images
HAMAS guruhining xorijdagi vakolatxonasi rahbari Xolid Mashalning aytishicha, Isroil harbiylari G‘azo sektoridan chiqib ketmaguncha, garovga olinganlar ozod qilinmaydi. Uning so‘zlarini arab nashri Al Quds Al Arabi keltirgan.
Xolid Mashalning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar doirasida HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish, G‘azo sektoridan qo‘shinlarni olib chiqish va ko‘chirilgan aholini avvalgi yashash joyiga qaytarishni talab qilmoqda.
“HAMAS rahbariyati maydondagi jangdan kam bo‘lmagan shiddatli muzokaralar jangini olib bormoqda va Xudo xohlasa, biz ularni maydonda va muzokara jangida mag‘lub etamiz”, — deydi Mashal.
Oxirgi bir necha hafta ichida HAMAS va Isroil vakillari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
26 mart kuni Reyter agentligining yozishicha, HAMAS vakillari muzokaralar vositachilariga G‘azo sektorida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki talablarga qaytish, jumladan, Isroil qo‘shinlarini mintaqadan olib chiqib ketish haqida xabardor qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi