08:57 / 28.03.2024
78

Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi

Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi
Foto: Anadolu
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi 27 mart kuni Turkiya xavfsizlik kuchlari Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasining besh nafar a’zosini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, terrorchilar maxsus operatsiya doirasida Iroq shimolida nishonga olingan. Halok bo‘lganlar shaxsini aniqlash davom etmoqda.

Operatsiyalarimiz qat’iyat va mas’uliyat bilan davom ettiriladi”, — deyiladi Turkiya vazirligi rasmiy xabarida.

Turkiya hukumati Iroq shimolidagi Metina, Zap va Turkiya chegarasiga yaqin Avasin-Basyan hududlarida Kurdiston ishchi partiyasi terror tashkilotining boshpanalarini yo‘q qilish uchun 2022 yil aprel oyida maxsus operatsiya boshlagan edi. Ushbu operatsiya davomida terroristik tashkilotning 100 ga yaqin nishonlariga zarba berilgan.

Turkiya hukumati kurd terrorchilari Iroq shimolidagi tog‘larda berkinib yurgani haqida ma’lumot tarqatgan. Ushbu guruhlar mamlakat chegara oldi aholisiga potensial xavf tug‘dirgani bois hukumat maxsus operatsiya rejasini ishlab chiqqan.

Kurdiston ishchi partiyasi Turkiyada rasman terroristik tashkilot deb e’lon qilingan. Turkiyaga qarshi 35 yildan ortiq davom etgan terror kampaniyasida partiya 40 000 nafardan ortiq tinch aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lgan. Turkiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi ham partiyani terrorchi guruhlar ro‘yxatiga qo‘shib, unga qarshi qurol-yarog‘ embargosi e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi