Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina qurolli kuchlari yetarlicha miqdordagi snaryadlar bilan Rossiya qo‘shinlarining qishki hujumini ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurol-yarog‘ning keskin taqchilligi tufayli Rossiyaning navbatdagi hujumiga qarshilik ko‘rsata olmaydi.
Vladimir Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida hozir sharqiy yo‘nalishdagi vaziyat ikki-uch oy oldingiga qaraganda ancha yaxshi ekanini aytdi. Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya armiyasining ikkinchi hujumi, uning so‘zlariga ko‘ra, may oyining oxirida yoki iyunda sodir bo‘lishi mumkin. O‘shanda o‘q-dorilar taqchilligi tufayli pozitsiyalarni saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Hozir Ukraina armiyasi raketaga qarshi mudofaa tizimlari va artilleriyaga juda muhtoj, dedi u.
Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarga Ukrainaga “milliardlab dollarlik yordam” ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildirdi, biroq Ukraina Qurolli kuchlari yana ta’minotga muhtojligini ta’kidladi.
“Ha, bizni juda ko‘p qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu bizga haqiqatan ham kerak, ayniqsa hozir juda zarur”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
AQSH Kongressi 2023 yil oktyabr oyidan beri Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. 2024 yil yanvarida davom etayotgan muhokamalar tufayli Ukrainaga Amerika qurollarini yetkazib berish to‘xtatilgan edi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, AQSHdan yordam ko‘rsatilmagani sababli Ukraina harbiylari Avdeyevka ustidan nazoratni yo‘qotgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin