Foto: AP
Kanadaning Niagara viloyatida 8 aprel kuni sodir bo‘ladigan kamdan-kam uchraydigan quyosh tutilishi arafasida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Niagara viloyati mintaqa raisi Jim Bredli 28 mart kuni bergan bayonotida o‘ta ehtiyotkor bo‘lish maqsadida favqulodda holat e’lon qilgani aytilgan.
"Favqulodda holat e’lon qilinishi aholi hamda tashrif buyuruvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, muhim infratuzilmamizni har qanday vaziyatda himoya qilish uchun mintaqada mavjud bo‘lgan xavfsizlikni kuchaytiradi", — deyiladi Niagara viloyati matbuot relizida.
Kanada—AQSH chegarasidagi sharshara quyosh tutilishi yo‘lida joylashgan. Ko‘plab odamlar Shimoliy Amerikaning tabiiy mo‘jizalaridan birida bu hodisani guvohi bo‘lish uchun mehmonxonalar to‘lovi va ijaraga oldindan pul sarflamoqda.
Ontario meri Jim Diodati quyosh tutilishi paytida Kanada tomonida eng ko‘p olomon bo‘lishini aytgan. Diodatining hisob-kitoblariga ko‘ra, u yerda odatda yil davomida tashrif buyuruvchilar 14 million nafarni tashkil qilsa, quyosh tutilish kunlarida bir milliongacha yetishi mumkin.
8 aprel kuni Niagara viloyati yo‘llarda harakatlanishni cheklash maqsadida o‘zining ba’zi dasturlari va xizmatlarini o‘zgartiradi hamda ayrim obyektlarni yopadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)