Foto: Anadolu
AQSH hukumati 29 mart kuni Isroilni G‘azoda genotsid uyushtirishda ayblagan BMT hisobotini rad etdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller G‘azo sektoridagi genotsid haqidagi da’volarni asossiz deb hisoblab, rad etgan. Tel-Avivdagi hukumatni bunday jinoyat bilan ayblash uchun arzirli dalillar yo‘qligi ma’lum qilingan.
27 mart kuni BMTning Falastin bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze G‘azodagi vaziyat bo‘yicha hisobotini e’lon qilgan edi. Hisobotda Isroilning G‘azodagi falastinliklarga qarshi harakatlari genotsid qilish chegarasidan o‘tgani aytilgan.
AQSH rasmiylari bergan bayonotga ko‘ra, Vashington Isroil sodir etgani da’vo qilinayotgan harbiy jinoyatlarni muhokama qilmaydi. AQSH Tel-Avivni Yaqin Sharq masalasida to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
"Biz genotsid haqidagi da’volarni asossiz deb bilishimizni ochiq aytdik. Ammo shu bilan birga, biz G‘azoda tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotganidan xavotirdamiz. Isroil hukumatini bir necha bor bu borada ehtiyotkorroq bo‘lishga undadik. Bu tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini minimallashtirishi mumkin", — degan AQSH rasmiysi Mettyu Miller. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi