31 mart kuni Turkiyaning muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi so‘nggi 20 yil ichida ilk bor hukmron partiyani mag‘lub etdi.
Turkiyaning barcha 81 viloyatida munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda mamlakatning 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolari qatnashishi mumkin edi. Bu jami 61,4 million kishi degani.
Ovoz berish natijalari e’lon qilingach, Erdo‘g‘an Anqarada o‘z tarafdorlariga murojaat qildi.
«Afsuski, munitsipal saylovlarda biz xohlagan va kutgan natijaga erisha olmadik», dedi u.
«Anadolu» nashrining yozishicha, protokollarning 93 foizi sanab chiqilgach, munitsipal saylovlarda Respublika Xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi esa 35,7 foiz ovoz olgan. Uch yirik shahar – Anqara, Istanbul va Izmirning muxolifatdagi merlari saylovlardan keyin o‘z o‘rinlarini saqlab qoladilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr