15:10 / 01.04.2024
401

HAMAS yetakchisining singlisi Isroilda hibsga olindi

HAMAS yetakchisining singlisi Isroilda hibsga olindi
Foto: The Times of Israel
HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning singlisi Isroil janubida terrorizm bo‘yicha tergov doirasida hibsga olindi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, Isroil fuqarosi Sabah Abdel Salam Haniya Isroil xavfsizlik agentligi ishtirok etgan tergov doirasida Tel-Sheva shahrida hibsga olingan. U “HAMAS faollari bilan aloqada bo‘lganlikda, Isroilda terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganlikda” gumon qilinmoqda.

Politsiya 57 yoshli ayol uyidan “hujjatlar, telefonlar, Isroil xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar” topilganini aytdi. Dohada yashovchi Ismoil Haniya HAMAS siyosiy byurosi rahbari. U 2017 yil Xolid Mash’alning o‘rniga HAMAS ijroiya qo‘mitasi rahbari lavozimini egallagandi. Ismoil Haniyaning uch singlisi Isroil janubidagi badaviylar yashaydigan Tel-Shevadagi katta aholi punktida istiqomat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo