Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qizi hokimning o‘g‘li tomonidan kaltaklangan ona jarimaga tortildi. Bu haqda “informburo.kz” xabar berdi.
Viloyatdagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tumanlararo sud shunday qaror qabul qilgan. Ayol farzand tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun javobgarlikka tortilgan. Sudda aniqlanishicha, uning qizi jamoat tartibini buzgan holda 6-sinf o‘quvchisini (hokimning o‘g‘lini) bezovta qilgan va janjal keltirib chiqargan. Natijada, o‘g‘il bola uning yuziga urgan.
Voqea bola fizika darsiga ketayotganida 7-sinf qiz va uning dugonasi bilan to‘qnashib ketganida yuz bergan. Qizlar bolaning yo‘lini to‘sib, tashqi ko‘rinishi va kiyimini masxara qilgan, o‘tib ketishiga to‘sqinlik qilib, qo‘lidagi ichimligini olib qo‘yishgan. Shundan so‘ng bola musht bilan javob qaytargan.
Sud jarayonida qiz ta’qib qilishda aybdor deb topilgan. O‘quvchilar o‘rtasida kelishmovchilik avval ham kuzatilgan. Biroq o‘shanda vaziyat jiddiy tus olmagan.
Sud barcha holatlarni ko‘rib chiqib, qizni mayda bezorilikda aybdor deb topgan, onasini bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun 51 688 tenge (115 dollar) jarimaga tortgan. Qozog‘iston Ta’lim vazirligi 6-sinfda o‘qigan bola Pavlodar viloyatidagi tuman hokimining o‘g‘li ekanini tasdiqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr