date
views 561

Taniqli qo‘shiqchining o‘gay o‘g‘li uning familiyasidan voz kechdi

Taniqli qo‘shiqchining o‘gay o‘g‘li uning familiyasidan voz kechdi
Oleg Gazmanov va Filipp Gazmanov (Muravyov)
Filipp Gazmanov o‘z biznesini sanksiyalar salbiy ta’siridan himoyalash uchun otasining familiyasidan voz kechdi, deb xabar berdi Mash telegram-kanali.

Filipp Gazmanov — taniqli qo‘shiqchi Oleg Gazmanovning o‘gay o‘g‘li. Uning endigi familiyasi — Muravyov (onasining qizlik familiyasi). Telegram-kanal yozishicha, asrab olgan otasi 2022 yil oktyabrida YEI sansiyalar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, Filipp familiyasini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Filipp familiyasini o‘zgartirdi, qo‘shiqchi otasining ismini qoldirdi — Oleg.
Filipp — «Freyter» logistika kompaniyasi egalaridan biri, kompaniya aksiyalarining 43,1 foizi uniki, deyiladi Mash keltirgan ma’lumotlarda.

26 yoshli Filippning onasi — tadbirkor Marina Muravyova, asl otasi — Vyacheslav Mavrodi (90-yillarda MMM piramidasini qurgan Sergey Mavrodining ukasi). Vyacheslav Mavrodi shu moliyaviy piramidaning vitse-prezidenti va bosh hisobchisi bo‘lgan.

Muravyova va Gazmanov 2003 yilda turmush qurishgan. Qo‘shiqchi o‘shanda bolani o‘z familiyasiga o‘tkazib olgandi.

Oleg Gazmanovning haqiqiy o‘g‘li Rodion Gazmanov familiyasini o‘zgartirgani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taniqli qo‘shiqchining o‘gay o‘g‘li uning familiyasidan voz kechdi