Foto: “Pravila jizni”
Yaponiya hayvonot bog‘idagi pingvinlarga mamlakatda o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ryukzaklar taqib qo‘yildi, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.
Ijtimoiy tarmoqda joylangan mazkur videoga hayvonot bog‘i xodimlari “Bahor taftini sezmoqdamiz” deb izoh qoldirgan. Chunki aynan aprel oyida yaponiyalik maktab o‘quvchilari uchun birinchi qo‘ng‘iroq jaranglaydi.
Pingvinlar ustidagi ryukzaklar yengil matodan ishlangan va qo‘lda tikilgan bo‘lib, hayvonlar yurishiga qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Matsue qushlar bog‘ida bunday tadbirlar turli bayramlar arafasida tez-tez bo‘lib turadi. Masalan, Yangi yil va Xellouinda pingvinlar bayramga mos liboslarda paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi