Foto: Al Jazeera
Tayvanda yuz bergan zilzila kuchi 32 ta yadroviy bomba portlashiga teng. Bu haqda mutaxassis fikriga tayanib, “TASS” nashri xabar berdi.
Tayvan markaziy meteorologiya boshqarmasi seysmologik markazi sobiq rahbari Go Kaiven taqdim etgan ma’lumotga asoslanib aytilishicha, 3 aprel tongida mamlakat sharqida yuz bergan yer silkinishi 1945 yil 6 avgustda Qo‘shma Shtatlar tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlagan “Kichik bola” atom quroliga o‘xshash 32 ta yadroviy bomba portlash kuchiga teng.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Tayvan tarixidagi eng kuchli zilzila 1999 yilda sodir bo‘lgan. O‘sha yili yuz bergan yer silkinishining kuchi 46 ta yadroviy bomba portlashiga teng energiya chiqargan.
Oldin xabar qilinganidek, 3 aprel kuni ertalab Tayvanda oxirgi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila orolni larzaga keltirdi. Xualyan okrugida mahalliy vaqt bilan 07:58 da 7,2 magnitudali yer osti silkinishlari sezilgan. Seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri orolning sharqiy qirg‘og‘ida, Xualyan shahridan 25 km janubi-sharqda bo‘lib, 15,5 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila Xitoyning sharqiy sohilidagi Futszyan va Szyansi provinsiyalarida ham kuchli sezilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi