Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida mikroavtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi.
«3 aprel kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining Marjonbuloq qishlog‘i yaqinida O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtomobili va «Toyota-Alhpard» mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda mikroavtobus haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
IIV xabariga ko‘ra, harakatlanayotganda yuk mashinasi shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga chiqib ketgan va u yerda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi