
Foto: IRNA
Eronning janubi-sharqidagi Sistan va Balujiston viloyatlarida sodir etilgan teraktlarda besh nafar xavfsizlik xizmati xodimlari halok bo‘ldi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
Mahalliy xavfsizlik xizmatlari rasmiylarining aytishicha, chorshanba kuni kechqurun boshlangan hujumlar Rask va Chabahor shaharlaridagi ikki politsiya postiga zarba bergan. Talafot ko‘lami ancha tashvishlanarli bo‘lgan.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, terrorchilar tomonidan ham 5 kishi halok bo‘lgan. Operatsiya davom etayotgani xabar qilingan.
Balujistonning Sarbaz, Rask va Chabahor shaharlarida to‘qnashuvlar davom etayotgani xabar qilingan. Bu nuqtalardagi terrorchilar xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘liq o‘rab olingan.
Eron ichki ishlar vazirining xavfsizlik va politsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Majid Mirahmadiy 4 aprel kuni erta tongda Chabahor va Rask shaharlarida bir vaqtning o‘zida sodir etilgan teraktlar xavfsizlik va huquq-tartibot kuchlarining hushyorligi tufayli oldi olinganini aytgan..
Ayrim manbalarga ko‘ra, terrorchilar Pokistonda joylashgan “Jaysh al-Adl” terrorchilik tashkilotiga aloqador. Eron politsiyasi bu faktni tekshirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar