11:08 / 05.04.2024
1 337

Netanyaxu Eronning zarba berish tahdidiga javob qaytardi

Netanyaxu Eronning zarba berish tahdidiga javob qaytardi
Kollaj: WSJ
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy armiyasi Damashqdagi Eron konsulligiga qilgan hujumi uchun Eron javob zarbasi qaytarishiga munosabat bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Netanyaxuning tegishli munosabatiga ko‘ra, Isroil o‘z xavfsizligi uchun har qanday hujumga javob beradi.

"Eron yillar davomida bizga qarshi bevosita va o‘z emissarlari orqali ishladi, shuning uchun ham Isroil Eron hamda uning emissarlariga qarshi mudofaa va hujumda faoliyat yuritdi. O‘zimizni qanday himoya qilishni bilamiz. Biz oddiy tamoyil asosida ish tutamiz – bizga zarar yetkazgan yoki shunday qilishni rejalashtirgan har kimga zarar yetkazamiz", — dedi u harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi majlisi avvalida.

Al Mayadeen nashriga ko‘ra, Eron Isroildagi strategik nuqtalarga o‘z bazalaridan dronlar va raketalar “yomg‘iri” bilan birgalikda hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda.

The Times of Israel gazetasining yozishicha, Isroil mudofaa kuchlari Eronning Suriyadagi missiyasiga berilgan zarba uchun javob qaytarilishidan xavfsirab, zaxiradagi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarini chaqirgan.

Isroilning Eron konsulligiga hujumi

1 aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron konsulligiga zarba berdi. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon mazkur hujum munosabati bilan Amerika javobgarlikka tortilishi kerakligini aytdi.

Foto: The Syrian Observer
Hujum oqibatida 11 kishi, jumladan, 2016 yilgacha Livan va Suriyadagi “Quds” elita kuchlariga rahbarlik qilgan Eron harbiy maslahatchisi general Muhammad Rizo Zohidiy, uning o‘rinbosari general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy va yana besh eronlik zobit ham halok bo‘ldi. Shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafari Livan fuqarosi vafot etdi. Eronning BMT missiyasi zarbani terakt deb baholadi.

O‘zbekiston Isroil hujumini qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoraladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Eronning zarba berish tahdidiga javob qaytardi