17:07 / 05.04.2024
182

AQSHda bemorga cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi

AQSHda bemorga cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilindi
Foto: MassGeneral News
Qo‘shma Shtatlarda cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilingan bemor shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Massachusets umumiy kasalxonasi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ikki hafta oldin dunyoda birinchi marta geni o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilingan 62 yoshli Rik Sleyman shifoxonadan chiqarildi. Operatsiya Bostondagi Massachusets umumiy kasalxonasida mart oyi oxirida bo‘lib o‘tgan edi.

"Bemorning sog‘ayish jarayoni yaxshi kechmoqda", — deydi shifokorlar.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Sleyman tez tuzalmoqda va uyda oilasi bag‘rida davolanishni davom ettiradi. Shifokorlar yangi buyrak yaxshi ishlashini hamda bemor endi dializga muhtoj emasligini aytgan.

Foto: MassGeneral News
Sleyman uzoq vaqtdan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkan. Olti yil oldin xuddi shu kasalxonada unga odam buyragi qo‘yilgan, ammo uning tanasi buyrakni qabul qilmagan.

Shifokorlar muhtoj bo‘lgan har bir kishi uchun donor organlar yetarli emasligini aytib, muvaffaqiyatli operatsiyani muhim bosqich deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo