Foto: DW
Bryusselda 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Ukraina—NATO kengashi yig‘ilishida Ukraina o‘z ittifoqchilaridan zudlik bilan ko‘proq Patriot tizimlari bilan ta’minlashni so‘radi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, bir qancha a’zo davlatlar Ukrainaga yordam berishga va’da bergan. Yig‘ilish oldidan NATO qarorgohida Shimoliy Atlantika ittifoqining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilgan.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan Ukraina tashqi ishlar vaziri Dimitriy Kuleba Patriot tizimlariga urg‘u berib, ular ballistik raketalarni to‘xtata oladigan yagona tizimlar ekanligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina mart oyida Rossiya Ukrainaga 94 ta ballistik raketa uchirgan. U Ukrainani Patriot tizimlari bilan ta’minlash faqat NATO ittifoqchilariga bog‘liqligini aytgan.
"Bir nechta ittifoqchilar qo‘shimcha tizimlarni topish va yuborish uchun yana sa’y-harakatlarni amalga oshirishga va’da berdi. Lekin ularning o‘zi bu jarayonni yakunlamaguncha, men tafsilotlarni ochiqlamayman", — dedi bosh kotib.
Stoltenberg so‘nggi kunlarda NATOga a’zo bir qancha davlatlar yangi tashabbuslar va Ukraina armiyasiga harbiy yordam jo‘natishini e’lon qilganini ta’kidlagan. Germaniya 155 mm kalibrli o‘q-dorilarni sotib olish bo‘yicha 600 million yevro ajratishini, Buyuk Britaniya 10 ming dron, Finlyandiya 188 million yevrolik qurol yuborishga va’da bergan.
"Ammo biz qo‘llab-quvvatlashimizni yanada kuchliroq va uzoq muddatli qilishimiz kerak", — deya NATO bosh kotibi qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi