Foto: Google Images
Fransiya NATOni imkon qadar tezroq tark etishi kerak, bu tashkilotda qolish juda xavfli bo‘lib bormoqda. Bunday fikrni X ijtimoiy tarmog‘ida Fransiya vatanparvarlari partiyasi yetakchisi Florian Filippo bildirdi.
U AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lish ehtimoli haqidagi so‘zlariga shunday javob berdi.
“Amerikaning aqldan ozgan va o‘ta xavfli bayonoti! Tezroq bu tuzoqdan xalos bo‘laylik, NATOdan chiqib, tinchlik o‘rnatamiz!” — deb yozgan Florian Filippo.
Siyosatchining fikricha, AQSH harakatlari dunyoni uchinchi jahon urushiga yaqinlashtirmoqda, uning birinchi qurbonlari Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya bo‘ladi.
4 aprel kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini va iyul oyida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Atlantika alyansining sammiti bu yo‘nalishda “ko‘prik bo‘lishga” yordam berishini aytdi. Bu so‘zlar turli xil reaksiyalarga sabab bo‘ldi.
Avvalroq amerikalik senator Mayk Li NATOda yo AQSH yoki Ukraina bo‘lishi mumkinligi, lekin ikkala davlat birga NATOga a’zo bo‘la olmasligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi