Foto: Getty Images
HAMAS Qohiradagi muzokaralarda Isroildan guruh rahbarlarini ta’qib qilishni to‘xtatishni va muhokamalar chog‘ida ularni G‘azo sektoridan chiqarib yuborish masalasini ko‘tarmaslikni talab qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Al Arabiya va Al-Hadath manbalari xabar berdi.
HAMAS yuqoridagi kelishuvdan tashqari G‘azo sektori shimolida yashagan aholi hududga cheklovsiz qaytishi sharti bilan muzokaralarni davom ettirish uchun Isroil harbiylarining hududdan chiqib ketishini talab qilgan. Muzokaralar davomida uzoq muddatli sulh tuzish taklif etilgan.
HAMAS 6 aprel kuni Misr taklifiga binoan Qohiraga delegatsiya yuborib, guruh o‘z talablaridan voz kechmasligini ma’lum qildi:
Bu o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish, ishg‘ol kuchlarini G‘azodan olib chiqib ketish, ko‘chirilganlarni yashash joylariga qaytarish, odamlarning erkin harakatlanishini ta’minlash, ularga yordam berish va boshpana taqdim etish, shuningdek, garovga olinganlarni almashish bo‘yicha jiddiy kelishuvni o‘zi ichiga oladi.
G‘azo sektoridagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar AQSH, Misr va Qatar vositachiligida olib borilmoqda. The Times of Israel nashri Isroil hukumati rasmiysiga tayanib, 7 aprel kuni Tel-Aviv vakillari sulhga erishish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha Qohiradagi muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqladi. Nashr bu Isroilning muzokaralarda ishtirok etishining “birinchi rasmiy tasdig‘i” deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi