Foto: Le Soir
Fransiya jandarmeriyasi xodimlari Avallon meri Jamili Xabsauining uyidan 70 kilogramm kannabis topdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
Merning uyidagi operatsiya respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan. Huquq-tartibot idoralari kommuna merining ukalari taqiqlangan moddalar savdosiga aloqadorligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan.
Xabsauining o‘zi Fransiya Sotsialistik partiyasi vakili bo‘lib, 2021 yilda Avallon ma’muriyati rahbari lavozimiga saylangan. U hududiy maslahatchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Mer kannabis bilan bog‘liq holatdan keyin hibsga olingan, biroq keyinroq qo‘yib yuborilgan. Jinoiy ish doirasida jami yetti kishi, jumladan, ikki aka-uka Xabsauilar ham ushlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha “XXL operatsiyasi” o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Xitoy Baydenni ikkiyuzlamachilikda ayblab, sanktsiyalarga javob qaytarishga va'da berdi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi