
Foto: Reuters
Shimoliy Amerikada quyoshning to‘liq tutilishi kuzatildi. NASA, BBC va boshqa ko‘plab agentlik va nashrlar noyob astronomik hodisaning jonli translyatsiyasini olib bordi. Minglab sayyohlar va mahalliy aholi maxsus ko‘zoynaklar yordamida uni kuzatib bordi.
Quyosh tutilishi birinchi bo‘lib Meksikaning Masatlan kurortida Toshkent vaqti bilan taxminan soat 21:00 da boshlandi. Keyin tutilish Qo‘shma Shtatlar hududida, so‘ngra Kanada hududida kuzatildi.
Quyosh tutilishi davrida Oy uning yuzasini to‘liq qoplaydi va osmon 4 daqiqa davomida qorong‘i bo‘ladi. Quyoshning to‘liq tutilishi muntazam ravishda sodir bo‘ladi, lekin tez-tez emas: keyingisi faqat 2026 yilda va asosan Atlantika okeanida kuzatiladi.

Foto: Reuters
Qayd qilinishicha, Quyosh tutilishi turizm uchun ajoyib voqea bo‘ldi. Tutilish kuzatiladigan hududlardagi mehmonxonalar va motellar 90 foizga band qilindi.

Foto: Reuters
Quyoshning navbatdagi halqasimon tutilishi bu yil 2 oktyabr kuni Janubiy Amerikada sodir bo‘ladi. Janubiy Amerikadan tashqari uni qisman Shimoliy Amerikada va ikkala okeanda ham, ushbu qit’alarning ikkala tomonida, Tinch okeani va Atlantikada kuzatish mumkin.

Foto: Reuters
Quyosh tutilishini faqat maxsus, juda quyuq qoraytirilgan ko‘zoynaklar yoki mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan boshqa maxsus qurilmalar orqali ko‘rish mumkin, aks holda ko‘rish qobiliyati jiddiy shikastlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar