Foto: AP
Kanadaning to‘rtta katta maktab kengashi ommabop ijtimoiy tarmoqlar ustidan sudga shikoyat qildi. Da’vogarlarning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar bolalarning fikrlashi va xatti-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va ular 4 milliard Kanada dollari miqdorida tovon puli talab qilmoqda.
Maktab kengashi rahbarlarining fikricha, o‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishi tufayli o‘qishda muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli, maktablar o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ko‘proq sarmoya kiritishga majbur bo‘lmoqda.
Toronto okrugi maktab kengashining ta’lim bo‘yicha direktori Kollin Rassell-Rolinz so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar diqqatni jamlash, ijtimoiylashish, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelyapti, tajovuzkor xatti-harakatlar va mojarolarga ko‘proq moyil bo‘lyapti.
«Yoshlarning farovonligini ta’minlash uchun chora ko‘rishimiz juda muhim», dedi u.
Muammoga qarshi kurashish uchun Kanadaning to‘rtta hududidagi maktab kengashlari Meta Platforms (Facebook va Instagram egasi), ByteDance (TikTok egasi) va Snap (Snapchat egasi) kompaniyalarini sudga bergan. Da’vogarlar ta’lim tizimiga yetkazilgan zararni 4 milliard Kanada dollariga (2,9 milliard AQSH dollari) baholagan.
Ijtimoiy tarmoqlar qaramlikka olib kelishi, ulardan uzoq muddat foydalanish tashvish, tushkunlik, uyqusizlik va ijtimoiy izolyatsiyaga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi tashvish butun dunyoda keng tarqalgan.
«Yoshlarning ruhiy salomatligi xavf ostida», dedi amerikalik jarroh Vivek Murti, «va buning aksariyat sababi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish tufayli ekanligidan xavotirdaman».
2023 yil oxirida AQSH rasmiylari Instagram tarmog‘ini yoshlarning ruhiy salomatligini buzganlikda aybladi. Jumladan, 33 ta shtat Meta korporatsiyasini sudga bergan edi.
Shundan so‘ng, AQSH Senatida Meta korporatsiyasi faoliyati bo‘yicha tinglovlar o‘tkazildi. Unda korporatsiya rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlangan bolalarning oilalaridan kechirim so‘ragan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Pentagon mayori AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun iste’foga chiqdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Prezident Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi qatnashchilariga tabrik yo‘lladi
Yaponlarning yaxshi odati