18:48 / 15.04.2024
552

“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi

“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Foto: AFP
“Tolibon” harakati 14 aprelga o‘tar kechasi Eronning Isroilga uyushtirgan hujumlarini “qonuniy mudofaa choralari” deb baholadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Abdul Qahar Balxiy xabar berdi.

“Tolibon” Isroil 1 aprel kuni Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilib, barcha diplomatik va xalqaro qonunlarni buzgani, bunga javoban Eron 14 aprel tunda qonuniy mudofaa choralarini ko‘rganini bildirdi.

Afg‘oniston dunyoning nufuzli davlatlaridan keskinlik kuchayishini to‘xtatish va Isroilni “G‘azodagi jinoyatlari” uchun javobgarlikka tortishda sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

O‘z navbatida, hujumga Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay ham munosabat bildirdi.

Eron Afg‘onistonga og‘ir kunlarda xalqimiz yonida bo‘lgan qardosh va qo‘shni davlatdir, afg‘onlar ham Eron xalqiga hamdardlik va birdamlikni his qiladi. Keyingi paytlarda dunyodagi tinchlikka urushlar, inqirozlarning kuchayishi, xalqaro qonunlar va tamoyillarning buzilishi tahdid solmoqda”, — dedi u.

Shuningdek, Hamid Karzay Eronning Isroilga hujumini Eronning o‘zini himoya qilish uchun “qonuniy huquqi” deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi