06:47 / 16.04.2024
133

Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi

Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi
Foto: Google Images
Ukrainalik konstruktorlar 100 km dan ortiq masofadagi operativ-taktik nishonlarni urib tushirishga qodir bo‘lgan dronlarning yangi modelini yaratdi. Bu haqda “Harbiy maxsus loyiha” nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, birinchi namunalar allaqachon jangovar hududga jo‘natilgan, qurilma sinov bosqichidan o‘tmoqda. Dronning maqsadi ham havodagi, ham yerdagi nishonlarni yo‘q qilishdir. U 3 kg gacha bo‘lgan jangovar kallakni olib yurishi mumkin. Dron tezligi 180 km/soatdan oshmaydi. Shu bilan birga, modelning nomi hamon sir saqlanmoqda, deya aniqlik kiritadi nashr.

Nashrning qayd etishicha, mazkur dron bilan birgalikda dron-retranslyator ham qo‘llanilishi mumkin, u hujumni kutgan holda nishonni aniqlaydi va kuzatib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi