21:07 / 18.04.2024
339

Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi

Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi
Foto: Google Images
Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bo‘yicha kanal tashkil qilishda gumon qilinganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruhning asosiy tashkilotchilaridan biri bo‘lgan K.A. ismli ayol buyrak transplantatsiyasi uchun 80 ming dollargacha pul to‘lashga tayyor bo‘lgan bemorlarni chet el klinikalaridan qidirgan.

"Donorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning ahvolidan qat’i nazar, har doim ijobiy xulosa chiqarilargan. Shundan so‘ng tashkilotchilar bemor bilan munosabatlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, operatsiya o‘tkaziladigan klinikaga topshirishgan. Keyin ular donor bilan birga Qirg‘iziston Respublikasidan tashqariga chiqishgan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Razvedka xizmati donorlar bitta buyrak uchun o‘rtacha 1 mingdan 7 ming dollargacha, o‘rtada turganlar esa har bir yuborilgan donor uchun 3 ming dollargacha olgan. 30 mingdan 70 ming dollargacha bo‘lgan pulning katta qismi kanal tashkilotchisiga qolgan.

"17 aprel kuni navbatdagi donor “Manas” aeroportida navbatdagi buyrak transplantatsiyasini o‘tkazish uchun Qirg‘iziston Respublikasidan tashqariga nazorat ostida jo‘nab ketish vaqtida K.A. va Z.R. qo‘lga olinib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi", — deyiladi davlat qo‘mitasi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi