AQSH Kongressining quyi palatasi Ukrainaga yordam uchun 61 milliard dollar ajratishni ma’qulladi.
Muzlatilgan Rossiya aktivlarining Ukrainaga o‘tkazilishi, shuningdek, Ukraina, Isroil va Tayvanga harbiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli qonun loyihasi Respublikachilar nazorati ostidagi AQSH Vakillar palatasi tomonidan qabul qilindi.
Keyinchalik qonun loyihasi Senatga o‘tkaziladi, unda Ukrainaga yordam ko‘pchilik qonunchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, AQSH Ukrainaga yordam berish uchun 61 milliard dollar ajratadi. Taxminan 23 milliard dollar Amerika qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirishga, 11 milliard dollar AQSHning mintaqadagi operatsiyalarini moliyalashtirishga va yana qariyb 14 milliard dollar zamonaviy qurol va mudofaa tizimlarini sotib olishga mo‘ljallangan. 23,2 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukrainani qurollantirishga sarflanadi, shuningdek, qonun loyihasida Isroilga 26 milliard dollar, jumladan, gumanitar ehtiyojlar uchun 9,1 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Yana 8,12 milliard dollar Hind-Tinch okeani mintaqasiga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida Rossiya aktivlarini musodara qilish, jumladan, suveren aktivlarni muzlatishni bekor qilishdan taqiqlash, muzlatilgan aktivlar yordamida Ukrainaga kompensatsiya berish vakolati va aktivlardan Ukrainani qayta tiklash uchun foydalanish qoidalari mavjud. Qonun loyihasi uchun 360 kongressmen ovoz berdi, 58 nafari qarshi chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?