12:00 / 21.04.2024
230

Shimoliy Koreya ulkan yadroviy raketa kallagini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya ulkan yadroviy raketa kallagini sinovdan o‘tkazdi
Foto: Yonhap
Shimoliy Koreya harbiy rahbariyati 20 aprel kuni o‘ta ulkan yadroviy raketa kallagini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.

Manbada aytilishicha, sinovi o‘tkazilgan jangovar yadroviy kallak strategik qanotli raketada foydalanish uchun ishlab chiqarilgan. Ushbu namuna shimolliklar tomonidan ishlab chiqilganlari ichida eng yirigi hisoblanadi.

Pxenyan rahbariyati “Xvasal-1 Ra-3” strategik qanotli raketasi uchun mo‘ljallangan jangovar kallakni sinovdan o‘tkazganini tasdiqlagan. Sinov trayektoriyasi Sariq dengiz ustidan o‘tgan. Shimoliy Koreya hukumati yangi kallak sinovi orqali muhim va aniq strategik maqsadga erishilganini ta’kidlagan.

Foto: Yonhap
Shimoliy Koreyaning KCNA manbasi xabar berishicha, Pxenyandagi rasmiylar raketaga “Pyoljji” (“Meteor”) deb nom bergan. Yangi qurolning imkoniyatlarini nihoyatda yuqori baholagan.

Bundan oldingi eng yirik yadro kallagi sinovlari joriy yilning 3 fevralida Sariq dengiz ustida amalga oshirilgan edi. Unga nisbatan Janubiy Koreya va Yaponiya hukumatlari noroziligini bildirgan.

Janubiy Koreya rasmiylari shimolliklarning harakatlariga nisbatan munosib javob qaytarilishini bildirgan. Pxenyan faoliyati muntazam kuzatuvda ekanligini bildirgan.

Harbiy kuchlarimiz mustahkam mudofaa pozitsiyasini saqlab qolgan holda Shimoliy Koreyaning provokatsiyalari va harbiy harakatlari alomatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda”, — deyilgan Janubiy Koreya shtab boshliqlari kengashi bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya ulkan yadroviy raketa kallagini sinovdan o‘tkazdi