09:21 / 22.04.2024
312

AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi

AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Foto: Getty Images
Iroqdan Suriya shimoli-sharqidagi AQSH harbiy bazasi tomon kamida beshta raketa uchirildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hujum oqibatida baza yoki uning xodimlari jabrlanganmi, yo‘qmi noma’lum. Iroqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar bir necha oylardan beri AQSHning Suriya va Iroqdagi bazalariga hujum qilmoqda, biroq hujumlar fevral oyida to‘xtatilgandi.

Shafaq News xabariga ko‘ra, AQSH samolyotlari hujum sababli raketa uchirishda foydalanilgan tizimlarga javob zarbasi bergan. Reuters raketalar uchirilgan yuk mashinasi Amerika harbiy samolyotlari havoda bo‘lgan vaqtda uchirilmagan raketalarning portlashi natijasida yonib ketganini yozmoqda.

"Biz tergov o‘tkazmagunimizcha yuk mashinasi Amerika harbiy samolyotlari tomonidan portlatilganini tasdiqlay olmaymiz", — dedi agentlik manbasi.

Reuters agentligining Iroqdagi manbasiga ko‘ra, yuk mashinasi havo hujumi natijasida yo‘q qilingan. 20 aprelga o‘tar kechasi Bag‘dod janubidagi Kalsu harbiy bazasida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Obyektdan Iroqning al-Hashd ash-Shabi (Xalq safarbarlik kuchlari) militsiya tashkiloti foydalanmoqda. Uning bo‘linmalari Iroqdagi Amerika qo‘shinlariga hujumda qatnashgan. Vashington hujumga aloqadorligini rad etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi