08:30 / 23.04.2024
256

Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi

Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi
Foto: The Moscow Times
Ukraina harbiy ma’muriyati may oyi boshida frontdagi vaziyat yomonlashishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Ukraina harbiy razvedkasi boshlig‘i 22 aprel kuni e’lon qilgan bayonotda Ukrainaning oldingi front chizig‘idagi vaziyat yaqin haftalarda barqaror ravishda yomonlashishi mumkinligi aytilgan. Chunki endilikda sharqiy hududlarda kuchli mudofaa tizimi mavjud emas.

Manbada aytilishicha, rus armiyasi Ukraina sharqida muntazam hujum amalga oshirmoqda. Qurbonlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular front chizig‘i bo‘ylab faol ilgarilamoqda.

Fikrimizcha, yaqin kelajakda bizni ancha qiyin vaziyat kutmoqda. Ammo bu halokatli emas va biz buni tushunishimiz kerak. Ko‘pchilik aytayotganidek, yadro urushi sodir bo‘lmaydi”, — degan Kiril Budanov BBC’ga bergan intervyusida.

Xabarga ko‘ra, 22 aprel kuni Rossiya qo‘shinlari Vuhledardan 20 kilometr uzoqlikdagi Novomixaylivka hududini egallab olgan. Sharqiy Chasiv Yar shahri tomonga ham faol siljish bo‘lgan. Chasiv Yarning strategik tepaliklarini nazorat ostiga olish Rossiya uchun Ukraina sharqidagi Donbass mintaqasining boshqa muhim shaharlarga yo‘l ochishi xabar berilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berishicha, Rossiya qo‘shinlari 9 mayga qadar Chasiv Yar shahrini egallab olishni rejalashtirmoqda. Kreml Sovet Ittifoqining Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan g‘alabasini nishonlash bayrami arafasida yirik harbiy yutuqlarga erishishni o‘z oldiga qo‘ygan.

Kiyev bir necha oydan beri o‘q-dorilar taqchilligi kuchayib borayotganini da’vo qilib keladi. Bunga javoban G‘arb o‘q-dori va moliyaviy ta’minotini ko‘paytirdi. 20 aprel kuni Qo‘shma Shtatlar Moskvaga qarshi kurashda yordam berish uchun 61 milliard dollarlik harbiy yordam paketini ma’qulladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi