AQSH Davlat departamenti Ukraina hukumatini telemarafon tashkillashda so‘z erkinligi tamoyillarini buzganlikda, mamlakat telekanallari urush boshlanganidan beri mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarni birgalikda yoritib kelayotganlikda tanqid qildi.
Telemarafon bilan bog‘liq vaziyat AQSH Davlat departamentining 2023 yilda Ukrainada inson huquqlariga bag‘ishlangan hisobotida bayon etilgan.
Hujjatda aytilishicha, Ukraina qonunlari «so‘z va ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlaydi», ammo «hokimiyat bu huquqlarni har doim ham hurmat qilmaydi».
Mamlakatda harbiy holat joriy etilgandan so‘ng, rasmiylar ommaviy axborot vositalari ishiga qo‘shimcha cheklovlar kiritdi, deya qayd etadi AQSH Davlat departamenti.
«Masalan, umummilliy telemarafon - televideniye stansiyalari urushni hukumat nuqtayi nazaridan navbatma-navbat yoritib turadigan platforma - televideniyening praym-taym yangiliklari ustidan misli ko‘rilmagan darajada nazoratni ta’minladi», deyiladi hisobotda.
Uning mualliflari ta’kidlashicha, 2022 yilning bahorida ba’zi ommaviy axborot vositalari teleko‘rsatuvlar bo‘yicha shartnomalardan mahrum bo‘lib, Ukraina Prezidenti devonining bosimiga duchor bo‘lishgan.
AQSH Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hukumati «milliy xavfsizlik va suverenitetga tahdid soladigan deb topilgan ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarni taqiqlab qo‘ygan, sanksiyalar qo‘ygan va bloklagan».
Bundan tashqari, «hukumatni tanqid qiluvchi tadqiqotchi jurnalistlar gohida ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy kampaniyalar, gohida esa hukumatga qulay kanallar nishoniga aylangan».
Shu bilan birga, Davlat departamentining ta’kidlashicha, «ba’zi istisnolardan tashqari, Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlar aholisi rasmiylar tomonidan ta’qib qilinishidan qo‘rqmasdan ochiq va shaxsiy ravishda hukumatni tanqid qilishi, shuningdek, jamoat masalalarini muhokama qilishi mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi