Foto: “TASS”
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning g‘alabasi Yevropadagi tarix yo‘nalishini o‘zgartirishini va Yevropa Ittifoqi bundan keyin aslo oldingidek bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri ma’lum qildi.
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Strasburgdagi parlament sessiyasida ushbu bayonotni e’lon qilgan. U yana bir bor Yevropa Ittifoqi davlatlarini Ukrainani qurol bilan ta’minlash uchun birlashishga chaqirgan. Rossiyani Yevropa uchun “ekzistensial tahdid” deb atagan.
Fon der Lyayenga ko‘ra, Rossiyaning g‘alabasi “nafaqat xaritani o‘zgartiradi, balki Yevropa tarixi yo‘nalishiga ham ta’sir etadi”. Ittifoq endi oldingi kabi yagona va mustahkam bo‘lmaydi.
Fon der Lyayen Ukraina Yevropa Ittifoqi manfaati uchun “og‘ir yuk”ni o‘z yelkasiga olganini aytgan. Shuning uchun ham Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Ukrainani o‘zini himoya qilish vositalar bilan ta’minlashi kerak.
“Ukraina g‘alaba qozonishi kerak. Uning g‘alabasi bizning birligimizdir”, — degan Yevrokomissiya rahbari.
Rossiya G‘arbning Ukraina uchun qurol-yarog‘ yetkazib berishi va ukrain qo‘shinlarini tayyorlashga yordam berishi faqatgina mojaroni uzaytirishini va jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?